Jonli yoki fonogramma – 27 ta konsert reklamasida bu haqda ma’lumot berilmagan
Raqobat qömitasi Instagram va taşqi reklama obyektlaridagi örganişlar natijasida reklama beruvçilarga kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça ogohlantirişlar yubordi.
Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Ganiyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram reklamalarida ijro şakli körsatilmagan. Toxi$, «Maşina vremeni» va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham şunday holatlar aniqlangan.
Raqobat qömitasi konsert taşkilotçilari va reklama beruvçilarni reklamalarda ijro şaklini aniq körsatişga hamda reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga qat’iy rioya etişga çaqirgan.