Samarqandda burğilaş uskunalari zavodi va «aqlli» qöziqorin yetiştiriş loyihalari rejalaştirilmoqda
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xitoyning «Chunfengli Capital» investitsiya tuzilmasi vakillari bilan uçraşib, hududda amalga oşiriş rejalaştirilayotgan ikki loyihani muhokama qilgan.
Birinçi loyiha doirasida «Binzhou Binzuan Machinery» kompaniyasi Samarqandda işlab çiqariş zavodini taşkil etişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, suv quduqlarini burğilaş va geologik qidiruv uçun 20 dan ortiq turdagi uskunalarni yetkazib beriş, ijaraga beriş va ularga texnik xizmat körsatiş tizimini yölga qöyiş közda tutilgan.
Ikkinçi loyiha – yil davomida uzluksiz qöziqorin yetiştiriş imkonini beruvçi «Uç birlik» aqlli modelini joriy etiş. U qişloq aholisi uçun qöşimça daromad va yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan.
Viloyat hokimi loyihalarga tayyorgarlik işlarini taşkil etiş böyiça mas’ullarga topşiriq bergan.