Qaşqadaryoda suv omborlarining texnik holati yaxşilanmoqda

Asosiy rasm

Qaşqadaryodagi «Çimqörğon», «Qamaşi» va «Langar» suv omborlarida ta’mirlaş va uskunalarni yangilaş işlari olib borilmoqda.

«Çimqörğon» suv omborida suvni daryoga taşlaş inşooti hamda öng va çap qirğoq kanallaridagi jami 6 ta zatvor ta’mirlanmoqda, belgilangan qismda inyeksiya işlari bajarilmoqda.

«Qamaşi» suv omborida bosimli qiyalik betonlanib, suv çiqariş inşootining ikki tomonida inyeksiya işlari olib borilmoqda.

«Langar» sel-suv omborida esa 2 ta işçi va 2 ta favqulodda holatlar uçun möljallangan zatvorni almaştiriş va avtomatlaştiriş işlari davom etmoqda.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring