Farğona kanali ustidagi köprik qurilişi yakuniy bosqiçda

Asosiy rasm

«Uçqörğon–Kengsay» bojxona postiga olib boruvçi D128 avtomobil yölida köprikni qayta quriş işlari yakunlanmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Avvalgi 9 metr kenglikdagi köprik örniga 15 metr kenglikdagi yangi köprik barpo etilmoqda. Asfalt yotqiziş işlari yakunlangan, obyektni yaqin kunlarda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, «Uçqörğon şahri – Böston qişloği – Qirğiziston Respublikasi çegarasi» yönalişidagi uşbu yölni ta’mirlaş va kengaytiriş işlari ham yakuniy bosqiçda.

Yangilangan köprik va yöl çegaraoldi hududida yölovçi hamda yuk transporti qatnovini yengillaştirişga xizmat qiladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring