Havo sifatini yaxşilaş uçun sanoat korxonalari va issiqxonalar ham nazoratga olindi
Özbekistonda havo ifloslanişini kamaytiriş böyiça sanoat korxonalari, quriliş obyektlari va issiqxonalarda ekologik talablarga rioya etilişi nazorat qilinmoqda.
2026-yilda PM2,5 mayda dispers zarraçalari konsentratsiyasi 2025-yilning mos davriga nisbatan 41,2 mkg/m³ dan 30,3 mkg/m³ gaça kamaygan. Pasayiş 26,5 foizni taşkil etgan.
Hisobot davrida 126 ta korxonada 330 ta çang-gaz tozalaş uskunasi modernizatsiya qilindi, 5 500 ta filtr almaştirildi. Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi 9 900 ta issiqxona xatlovdan ötkazilib, 345 tasida kömir qozonlari demontaj qilindi.
Şuningdek, ekologik nazorat davomida Namanganda atmosferaga yuqori miqdorda çang-gaz çiqarayotgan korxona faoliyati vaqtinça töxtatildi. Andijonda esa ikkita qölbola ohak pişiriş öçoği tugatildi.