Özbekistonning Orolni qutqariş jamğarmasiga raisligi davri uçun 3,3 milliard dollarlik loyihalar işlab çiqildi
Prezident Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriladigan loyihalar va ustuvor vazifalarni körib çiqdi.
Suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarda jami 3,3 milliard dollarlik 133 ta loyiha işlab çiqilgan. Ularni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda xalqaro ekologik jamğarmalar kömagida moliyalaştiriş közda tutilgan.
Prezident loyihalarni öz vaqtida bajariş uçun kelgusi yilga oylar kesimida «yöl xaritasi»ni tasdiqlaş va ijrosini taşkil etişni topşirdi.
Şuningdek, jamğarma faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştiriş, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlaş va Afğoniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaş ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.