Özbekiston tajribasi BMT sammitida taqdim etildi
BMTning global iqlim konferensiyasi (COP31) doirasida Özbekiston qişloq xöjaligini iqlim özgarişlariga moslaştirişga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Uçraşuv BMTning FAO taşkiloti, Ekologiya qömitasi va Qişloq xöjaligi vazirligi hamkorligidagi «FOLUR-Uzbekistan» loyihasi doirasida taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi suv taqçilligi, qurğoqçilik va yerlarning şörlanişi kabi muammolarga qarşi samarali yeçimlarni körsatiş böldi. Mutaxassislar tuproqqa ortiqça işlov bermasdan ekiş (No-till) va ekinlarni almaşlab ekiş orqali tuproqdagi namlikni uzoq saqlab qoliş mumkinligini amalda isbotladilar.
Şuningdek, fermerlar uçun dalalarda öquv maydonlari taşkil etiş va sohaga investitsiyalar jalb qiliş böyiça körilayotgan çoralar xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etildi.