Toşkentda havo sifati yaxşilandi: bugungi prognoz va reyd natijalari

Asosiy rasm

Maxsus komissiya tomonidan poytaxt atmosfera havosi sifati ustidan uzluksiz monitoring olib borilmoqda. Xususan, 6-noyabrga ötar keçasi soat 20:00 dan boşlab Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «nosoğlom» darajaga yetdi. Bunga keçki payt kuzatilgan kuçsiz şamol mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan atmosfera taşlamalari hamda PM zarraçalarining tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişiga şaroit yaratgani sabab böldi.

Yarim tundan söng şarqdan iliq va quruq havo oqimining kirib kelişi, şamol tezligining kuçayişi hamda havo almaşinuvining yaxşilanişi natijasida PM zarraçalari tarqalib, tonggi soatlarda körsatkiç «örtaça» darajaga tuşdi. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa şahardagi örtaça holat yarim tungacha «sariq», undan keyin esa «yaşil» darajada qayd etildi.

«Ekologik monitoring milliy markazi» DM mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va Qibray tumanida instrumental ölçovlar ötkazildi. Prognozlarga köra, bugun – 6-noyabr kuni poytaxtda havo sifati Xalqaro AQI böyiça asosan «sezgir guruhlar uçun nosoğlom», milliy indeks böyiça esa asosan «yaşil» (ayrim vaqtlarda «sariq») darajada bölişi kutilmoqda.

Hozirda ekologik vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça reyd va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda:

• Fuqarolar murojaatlari asosida Ekologiya qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan «N.H.P» MÇJ faoliyati tekşirilib, aniqlangan ekologik talab buzilişlari yuzasidan çora körildi va tegişli körsatmalar berildi;

• Poytaxtdagi yana bir quriliş obyektida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar foş etilib, zarur ta’sir çoralari belgilandi;

• Maxsus brifing ötkazilib, ösimlik qoldiqlarini yoqişning oğir oqibatlari va buning uçun belgilangan qat’iy javobgarlik haqida jamoatçilikka axborot berildi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring