Özbekistonda örmon va yaylovlarni tiklaş, iqlim özgarişiga moslaşiş uçun 103,7 million yevro ajratiladi
Yaşil iqlim jamğarmasi Kengaşi umumiy qiymati 264,4 million yevro bölgan “Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar” (CLiCA) mintaqaviy dasturini ma’qulladi.
Özbekistonga ajratiladigan 103,7 million yevro örmon va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlimga çidamli texnologiyalarni joriy etiş hamda fermerlarning moslaşuv uçun moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi.
Dastur doirasida 342 ming aholining iqlim xavflariga çidamliligini oşiriş, 164 ming gektar örmon, yaylov va qişloq xöjaligi yerlarida barqaror boşqaruv usullarini joriy etiş kutilmoqda.
Şuningdek, taşlamalarni kamaytiriş va issiqxona gazlarining yutilişini oşiriş orqali 1,07 million tonna CO₂ ekvivalentida natijaga erişiş közda tutilgan.
Dastur Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan hamkorlikda işlab çiqilgan.