Toşkentda havo sifati “nosoğlom” darajada saqlanişi kutilmoqda

Asosiy rasm

28-oktabrdan 29-oktabrga ötar keçasi poytaxtda havo sifati xalqaro AQI indeksi böyiça asosan “nosoğlom”, ayrim vaqtlarda “juda nosoğlom” darajada bölgani ma’lum qilindi.

Milliy indeks böyiça PM2,5 zarraçalari körsatkiçi “zarğaldoq”, PM10 esa “qizil” darajada qayd etilgan.

Harorat pasayişi, şamolning juda kuçsizligi va harorat inversiyasi havo almaşinuvini çeklagan. Natijada mahalliy taşlamalar va çang zarraçalari yerga yaqin qatlamda töplangan.

Qisqa muddatli, kuçsiz yomğir – 0,1 millimetr yoğingarçilik çang zarraçalari miqdorini sezilarli kamaytirmagan.

Prognozga köra, 29-oktabr kuni havo sifati xalqaro AQI böyiça “nosoğlom”, milliy indeks böyiça “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda. Keçqurun ham “nosoğlom” daraja saqlanişi mumkin.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring