«Navoiyuran» raqamlaştiriş va sun’iy intellekt böyiça 15 ta loyihani amalga oşirişni tezlaştiradi
Korxonada işlab çiqariş jarayonlariga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etiş böyiça yöl xaritasi işlab çiqilgan. Undagi loyihalar ijrosini jadallaştiriş vazifasi qöyilgani haqida «Navoiyuran» xabar berdi.
Bu masala boş direktor Djamal Fayzullayev rahbarligida 2026-yilning töqqiz oylik natijalariga bağişlangan yiğilişda körib çiqilgan. Unda uran işlab çiqariş körsatkiçlari, geologiya-qidiruv natijalari va mavjud muammolar muhokama qilingan.
Yilning qolgan davri uçun uran işlab çiqariş körsatkiçlarini ta’minlaş va mineral-xomaşyo bazasini mustahkamlaş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Mas’ullarga quvvatlardan samarali foydalaniş, texnologik talablarga rioya etiş va geologiya-qidiruv işlarini jadallaştiriş topşirilgan.
Şuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, moliyaviy va ijro intizomini kuçaytiriş böyiça vazifalar qöyilgan.