Davlat boshqaruvida yagona raqamli platforma joriy etiladi

Asosiy rasm

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur platformada hududlar iqtisodiyoti, investitsiyalar, ekologiya, xavfsizlik, aholini qiynayotgan muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy ma'lumotlar, obyektlar hamda xarita qatlamlari yagona tizimda aks ettiriladi.

Shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalari asosida ma'lumotlarni tahlil qilish, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish, resurslarni samarali taqsimlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Davlat rahbari joriy yilda ushbu raqamli boshqaruv tizimini Toshkent shahrida, kelgusi yildan esa mamlakatning barcha hududlarida joriy etish zarurligini ta'kidladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring