O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi
Google Cloud’ning davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yo‘nalishi rahbari Marcin Krasuski Google Pay xizmati O‘zbekistonda ishga tushirilganini e’lon qildi.
Bu haqda Samarqandda «C5+1» tadbirlari doirasida tashkil etilgan «Raqamli texnologiyalar» panel sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh davlat idoralari hamda yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokidagi biznes dastur doirasida o‘tkazilmoqda.