Toshkent ko‘chalari va turistik obyektlarining Google Street View panoramalari yangilanadi
Toshkent shahar hokimligi Google Street View panoramalarini keng ko‘lamda yangilashni boshladi. Loyiha doirasida poytaxtning barcha ko‘chalari va turistik obyektlarining yangi tasvirlarini tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Yangilangan panoramalar orqali Toshkent bo‘ylab virtual sayr qilish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish va sayohat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish mumkin bo‘ladi.
Loyiha shahardagi o‘zgarishlarni xaritada aks ettirish va poytaxtning turizm imkoniyatlarini kengroq namoyish etishga qaratilgan.