Toşkentda havodagi mayda çang miqdori ötgan yilga nisbatan 28 foizga kamaygan
2026-yil 1-yanvardan 19-oktabrgaça poytaxtda PM2.5 zarraçalarining örtaça miqdori ötgan yilning şu davriga nisbatan 28 foizga, PM10 esa 32 foizga kamaygan.
Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turğunov kuzda havo ifloslanişining sabablari va körilayotgan çoralarga bağişlangan brifingda ma’lum qildi.
Kuzda keçalari sovigan havo ustida iliq qatlam hosil bölib, ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklaydi. Şamolning susayişi va yoğingarçilik kamligi ham çang va taşlamalarning şahar ustida töplanişiga sabab böladi.
Tadqiqotga köra, Toşkentda PM2.5 ifloslanişining yillik manbalari orasida şamol keltiradigan çang uluşi 36 foiz, binolarni isitiş – 28 foiz, transport – 16 foiz, sanoat – 13 foiz. Nisbatlar mavsumga qarab özgaradi.
Yirik quriliş maydonlarida suv purkagiçlar, ğildirak yuviş moslamalari va havo monitoringi stansiyalarini örnatiş majburiy qilingan. Ifloslaniş haqida erta ogohlantiriş tizimi ham yaratilgan.
Bu kuz-qişda havo sifati ötgan mavsumga nisbatan yaxşiroq bölişi kutilmoqda. Biroq ifloslanişning qisqa muddatli kötarilişlari saqlanişi mumkin.