«O‘zbekgidroenergo» Xitoy kompaniyasi bilan qo‘shma gidroenergetika loyihalarini muhokama qildi

Asosiy rasm

«O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi Islom Abdurahmonov «China Energy International Group» rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar yangi gidroenergetika loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, investitsiya jalb etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Muzokaralarda zamonaviy texnologiya va muhandislik yechimlarini joriy etish, loyiha institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish va tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

«China Energy International Group» Xitoyning «China Energy Engineering Group» – «Energy China» guruhi tarkibiga kiradi. Guruh kompaniyalari yirik energetika obyektlarini loyihalash va qurish bo‘yicha xalqaro tajribaga ega.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring