“O‘zbekgidroenergo” tizimidagi korxonalarga 8 ta yangi JAC pikapi topshirildi
2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar belgilangan asosiy ishlab chiqarish va xo‘jalik ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va ortig‘i bilan bajardi.
Erishilgan natijalarni e’tirof etish, korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida tizimdagi qator obyektlarga 8 ta JAC rusumli pikap avtomobili topshirildi.
Yangi avtomobillar “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi”, “Farhod GES”, “Samarqand GESlar kaskadi”, “Norin GESlar kaskadi”, “Hisorak GES”, “Qamchiq GES” filiallari, Sardoba suv ombori hamda Yuqori To‘palang hududidagi istiqbolli loyihalar uchun ajratildi.
Transport vositalari energetika obyektlarida texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya ishlarini tezkor tashkil etish, xodimlar harakatchanligini oshirish hamda ayniqsa tog‘li va murakkab relyefli hududlarda ishlarni samarali olib borishga xizmat qiladi.