Toshkentdagi issiq suv sifati bo‘yicha shikoyatlarga izoh berildi

Asosiy rasm

Veolia Energy Tashkent Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlari aholisidan issiq suvdagi begona kimyoviy hid va suv sifati bo‘yicha murojaatlar kelib tushayotganini bildirdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya mutaxassislari ta’minot manbalari va xonadonlardan suv namunalarini olgan. Ular kimyoviy, bakteriologik va organoleptik tahlillardan o‘tkaziladi. Natijalar tekshiruvlar yakunlangach e’lon qilinadi.

Mazkur tumanlarga tarmoq suvini «Toshkent Issiqlik Elektr Markazi» AJ yetkazib beradi. Veolia suv sifatiga oid ma’lumotlarni texnologik jarayonni me’yorga keltirish va magistral tarmoqlarni yuvish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish uchun ushbu korxonaga yuborgan.

Kompaniya yetkazib beruvchi bilan hamkorlikda suv sifatini me’yorga keltirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring