Buxoroda 2027-yilda 211 ta ko‘p kvartirali uy markaziy isitish tizimiga ulanadi

Asosiy rasm

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi mutasaddilar, vazirlik va idoralar rahbarlari Buxoro viloyatida OAV vakillariga amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida axborot berdi.

Issiqlik ta’minoti bo‘yicha taqdim etilgan rejalarga ko‘ra, 2027-yilda Yangi O‘zbekiston massivlaridagi 111 ta, «Bukhara city» hududidagi 60 ta va «Bashkent» massividagi 40 ta uy markazlashgan isitish tizimiga ulanadi.

Buxoro shahridagi «RK-markaz» qozonxonasini trigeneratsiya texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish ham rejalashtirilgan. Saudiya Arabistonining Saudi Tabreed kompaniyasi bilan 9,07 million dollarlik stansiya barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Stansiya bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish hamda sovitish xizmatini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Unga beshta yirik majmuani ulash ko‘zda tutilgan.

Loyiha hisobiga yiliga 1,3 million kub metr tabiiy gaz va 300 ming kVt·soat elektr energiyasini tejash, karbonat angidrid chiqindilarini 3 ming tonnaga kamaytirish kutilmoqda.

Mavjud issiqlik ta’minoti obyektlarining texnik holatini yaxshilash uchun esa 3,3 milliard so‘m yo‘naltiriladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring