O‘zbekiston iqlim loyihalariga sarmoya jalb qilish bo‘yicha besh pilot mamlakatdan biri bo‘ldi

Asosiy rasm

O‘zbekiston xalqaro iqlim moliyalashtirishini jalb etishga ko‘maklashuvchi BRIDGE tashabbusining dastlabki besh ishtirokchisidan biri bo‘ldi. Guruhga Efiopiya, Fiji, Indoneziya va Pokiston ham kiritilgan.

Tashabbus COP31 raisligi homiyligida, BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshirilmoqda. U mamlakatlarga iqlim rejalarini aniq investitsiya loyihalariga aylantirish, ularni tayyorlash va xalqaro moliyalashtirish manbalarini topishda ekspert ko‘magini beradi.

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika, energiya samaradorligi, suvdan oqilona foydalanish, barqaror qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni boshqarish va iqlim o‘zgarishiga moslashish yo‘nalishlariga e’tibor qaratiladi.

Dastlab xalqaro va milliy ekspertlar amaldagi iqlim dasturlarini tahlil qilib, investitsiya jalb etish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni belgilaydi. Natijada ustuvor vazifalarni aniq loyihalar va xalqaro ko‘mak bilan bog‘laydigan yo‘l xaritasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston yangilangan milliy iqlim maqsadlariga ko‘ra, 2035-yilgacha YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari tashlamalarini 2010-yilga nisbatan 50 foizga qisqartirishni maqsad qilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring