Samarqand temir yo‘l vokzalida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona ochildi
Samarqand temir yo‘l vokzali hududida «Bog‘don» mehmonxonasi faoliyatini boshladi. U bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Mehmonxonadan uzoq yo‘ldan kelgan, poyezdini kutayotgan yoki Samarqandga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishi mumkin. Bu yerda qatnovlar orasida qisqa muddatli dam olish uchun ham sharoit yaratilgan.