1-noyabrdan o‘zbekistonliklar Misrga borish uchun vizani oldindan olishi shart

Asosiy rasm

2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi talablar joriy etiladi. O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi bu haqda ma’lum qildi.

Turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etiladi. Yosh va moliyaviy ta’minot bo‘yicha quyidagi talablar belgilangan:

– 40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar ota-onasi, turmush o‘rtog‘i yoki farzandlari hamrohligida safar qilishi kerak. Oila tasarrufida kamida 5 ming AQSH dollari naqd mablag‘ bo‘lishi talab etiladi;
– 40 yoshdan oshgan mustaqil sayohatchilar kamida 3 ming AQSH dollari naqd pulga ega bo‘lishi lozim.

Misrga kirishda mehmonxona broni, mobil aloqa ma’lumotlari va yetarli moliyaviy ta’minot tasdig‘i taqdim etiladi. Mamlakatda bo‘lish davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring