Turizm
•Nashr etilgan: Sentabr 08, 2026•5 daqiqa o'qish
Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 467-son qarori bilan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, tanlovda turoperatorlar, joylashtirish vositalari, transport va aviatsiya tashkilotlari, shuningdek, turizm sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro tadbir haqida e’lon kamida 120 kalendar kun oldin beriladi. Arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali topshiriladi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
– viza talab qilinadigan davlatlar uchun – tadbirgacha kamida 100 kun;
– viza talab qilinmaydigan davlatlar uchun – kamida 30 kun.
Ajratiladigan joylarning 60 foizi turoperatorlarga, 15 foizi joylashtirish vositalariga, 15 foizi transport va aviatsiya tashkilotlariga, 10 foizi esa turizm sohasidagi boshqa tadbirkorlarga beriladi.