Umra reklamalaridagi qonunbuzarliklar yuzasidan choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan "Umra" tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalar o‘rganildi.
Natijada Qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 6 ta ("Hamroh Tour", "Kabadoshlarim", "Yuksak Travel", "Murabbiy Travel", "Hikmat Travel", "Infin Tour") Instagram va Telegram sahifalari ma'murlari tomonidan joylashtirilgan reklamalarda qonunchilik talablari buzilgani aniqlanib, ularning mansabdor shaxslari ma'muriy javobgarlikka tortildi.