Telegram orqali Erkinjon Turdimov nomidan yuborilayotgan «tekshiruv» haqidagi xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – vazir Erkinjon Turdimov nomidan Telegram orqali yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini bildirdi.
Ularda vazirlik olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazayotgani va fuqarolar bilan DXX mayori bog‘lanishi aytilgan. Vazirlik bu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.
Fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lish so‘ralmoqda:
noma’lum akkauntlarga shaxsiy ma’lumotlarni yubormang;
pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni bermang;
shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang;
vazir yoki vazirlik nomidan kelgan xabarlarni rasmiy axborot kanallari orqali tekshiring.