Oliy sud taqiqlangan internet manbalari va materiallar ro‘yxatini e’lon qildi
2026-yil 3-noyabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatga sud tomonidan diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan manba va materiallar kiritilgan.
Ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan.
Oliy sud fuqarolarni, ayniqsa, ota-onalar va yoshlarni bunday manbalardan yiroq bo‘lishga chaqirdi.