“Foizsiz kredit” va’dasi bilan 400 dan ortiq fuqarodan 17 mlrd so‘m o‘zlashtirgan guruh ushlandi

Asosiy rasm

Toshkent viloyatida internet orqali “foizsiz kredit olib beramiz” mazmunidagi e’lonlar bilan fuqarolarni jalb qilib, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan guruh faoliyati fosh etildi.

Toshkent viloyati IIBB ma’lumotiga ko‘ra, guruh a’zolari fuqarolarni oldindan ijaraga olingan ofislarga taklif qilib, ularning nomiga kredit rasmiylashtirishni taklif qilgan. Ajratilgan mablag‘ning bir qismini fuqaroga berish, qolgan qismini esa o‘zlarida qoldirish va kredit to‘lovlarini keyinchalik o‘zlari amalga oshirishga va’da berishgan.

Natijada 400 nafardan ortiq fuqaro nomiga kreditlar rasmiylashtirilib, mablag‘larning qariyb yarmi gumonlanuvchilar tomonidan o‘zlashtirilgani aytilmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori qariyb 17 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Oradan vaqt o‘tgach, banklar fuqarolarga kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha talabnomalar yubora boshlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Guruhning 6 nafar a’zosi gumonlanuvchi sifatida ushlanib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

IIBB fuqarolarni internetdagi “foizsiz kredit”, “juda kam foizli kredit” va “hujjatsiz kredit” kabi shubhali takliflarga ishonmaslikka, shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslikka chaqirdi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring