Bo‘stonliqda 586 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi

Asosiy rasm

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida daraxtlar qo‘porib tashlangani haqida xabar tarqaldi.

Holatni o‘rganish uchun viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Bo‘stonliq tuman bo‘limi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

O‘rganish natijasida «G‘azalkent» mahallasida «Y.D.» MChJ tomonidan 2 gektar maydondagi 586 tup daraxt ildizi bilan qo‘porib tashlangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, tuproq ostida qolgan daraxtlar maxsus texnika yordamida chiqarib olingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,7 mlrd so‘mdan ortiq deb hisoblangan.

Holatga huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi ma’lum qilingan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring