Markaziy bank ANORBANK faoliyati barqaror ekanini tasdiqladi

Asosiy rasm

Ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bank axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy masala bo‘lib, bankning kapitali, boshqaruvi va operatsion faoliyatiga aloqador emas. Shuningdek, vakolatli organlardan bankka hech qanday rasmiy so‘rov kelib tushmagan.

Markaziy bank ham vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qilib, ANORBANK faoliyati barqaror ekanini, bank o‘z majburiyatlarini bajarayotgani hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish odatdagi tartibda davom etayotganini bildirdi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring