Qozog‘istondan kelgan bolalar bilan bog‘liq holat: SSV dastlabki tashxis va bemorlar ahvolini ma’lum qildi

Asosiy rasm

Futbol musobaqasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan bolalar va ularning yaqinlaridan jami 20 nafariga «o‘tkir diareya» dastlabki tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.

1-noyabr kuni guruh a’zolari Toshkentdagi mehmonxonada nonushta qilgan. Shu kuni 13 nafarida qayt qilish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i va isitma kuzatilgan. 2–3-noyabr kunlari yana 7 kishi shu belgilar bilan shifoxonaga olib kelingan.

Bemorlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolash uchun 5-sonli shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Hozirgacha ikki kishiga uyiga ruxsat berilgan. Qolgan 18 bemorning ahvoli barqaror, qoniqarli. Reanimatsiyada davolanayotganlar yo‘q.

Iste’mol qilingan oziq-ovqat qoldiqlaridan namunalar olingan. Laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda, natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring