Boş prokuratura Toşkentda olti kişining is gazidan vafot etgani haqida rasmiy bayonot berdi
25-oktabr kuni Mirzo Uluğbek tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etgan, yana ikki kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Boş prokuraturaning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa quriliş-ta’mirlaş işleri olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Yertöladagi isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmoğiga esa tegişli texnik şartlarsiz ulangani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116, 257 va 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergovni Toşkent şahar prokuraturasi olib bormoqda.
Boş prokuratura fuqarolarni gaz va isitiş uskunalarini malakali mutaxassislarga örnattiriş, ularning texnik holatini muntazam tekşirttiriş hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etişga çaqirdi.