SSV Toshkentdagi qizamiq holatlari haqidagi xabarlarga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat aniqlangani va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan qariyb 10 ming kishi ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu raqamlar 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida jamlangan ma’lumotlar bo‘lib, ularni ayni paytdagi vaziyat sifatida talqin qilish noto‘g‘ri.
Vazirlik Toshkent va mamlakat bo‘yicha qizamiqqa oid epidemiologik vaziyat barqarorligini bildirdi. Qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2025-yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.