ATTO ilovasida akkauntdan faqat bitta qurilmada foydalanish mumkin
ATTO ilovasi faoliyati, akkauntga kirish, to‘lovlar va bildirishnomalar bilan bog‘liq tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.
Ma’lum qilinishicha, xavfsizlik talablari sabab bitta ATTO akkauntidan bir vaqtning o‘zida faqat bitta qurilmada foydalanish mumkin. Akkauntga boshqa qurilmadan kirilganda, avvalgi qurilmadagi sessiya avtomatik yakunlanadi.
To‘lovlar haqidagi ma’lumotlarning yangilanishi va bildirishnomalarning yetib borish tezligi esa internet aloqasi barqarorligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli har bir holat alohida o‘rganiladi.
Texnik nosozlik yoki to‘lovlar bilan bog‘liq savollar yuzaga kelganda +998 78 140 08 08 raqami orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin.