Raqobat qo‘mitasi “WB TAXI”ga iste’molchilar shikoyatlari yuzasidan so‘rov yubordi

Asosiy rasm

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida “WB TAXI” faoliyati bilan bog‘liq 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarda taksining belgilangan manzilga kelmasligi, haydovchi bilan qayta bog‘lanish imkoniyati yo‘qligi hamda bunday vaziyatlarda operator tomonidan choralar ko‘rilmayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

O‘rganishlarda kompaniya faoliyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, elektron tijorat va raqamli platformalar faoliyatiga oid ayrim talablar yetarli darajada bajarilmayotgani qayd etilgan.

Raqobat qo‘mitasi “WB TAXI”dan qonunchilik talablariga rioya etish, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bilan qayta aloqa o‘rnatish va zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rishni so‘ragan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring