MKBANK Oqqo‘rg‘onda mehnat yarmarkasi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi

Asosiy rasm

MKBANK tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, uning doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish izlayotgan fuqarolarga bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar bilan muloqot davomida ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring