Rishtonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
3-sentabr kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Biznesni rivojlantirish banki ATB tomonidan Rishton tumanida tadbirkorlar va tashabbuskorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev, hokimlik vakillari, mahalla bankirlari, hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning muammolari, takliflari va yangi loyihalari ko‘rib chiqildi. Ularni moliyalashtirish, faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, startap va tijoriy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yakunda loyihalarni amalga oshirish va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.