Biznesni rivojlantirish banki Qashqadaryoda tadbirkorlar va aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda

Asosiy rasm

Prezident raisligida 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida Biznesni rivojlantirish banki ATB tomonidan Qashqadaryo viloyatida hududiy o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bahromxo‘ja Sharipov mahalliy hokimlik vakillari, tadbirkorlar, aholi hamda “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Reklama



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring