“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li uchun 122 metrlik ko‘prik qurilmoqda
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi doirasida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida balandligi 122 metr bo‘lgan ko‘prik barpo etilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘prik loyiha doirasida qurilayotgan eng baland ko‘prik hisoblanadi.
Mazkur inshoot “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasining muhim infratuzilma obyektlaridan biri sifatida bunyod etilmoqda.