«Olot» çegara postida yangi köprik quriş taklif etildi
Bojxona, transport, avtomobil yöllari va suv ta’minoti sohalari rahbarlari Özbekiston–Turkmaniston çegarasidagi «Olot» postida transport harakatini tezlaştiriş çoralarini muhokama qildi.
Joriy yilning ön oyida postdan 243 mingdan ziyod transport vositasi ötgan – bu 2022-yilning mos davridagidan 2,3 baravar köp. Hozir sutkasiga 1 200 tagaça avtotransport kirib-çiqmoqda.
«Yomonjar» kanalidagi 1978-yilda qurilgan köprik örniga har bir yönalişda kamida ikkitadan yuk avtomobili harakatlana oladigan yangi köprik quriş taklif etildi.
Şuningdek, Turkmaniston tomoni pandemiya davrida joriy etgan tirkama almaşiş mexanizmidan voz keçib, an’anaviy xalqaro yuk taşiş tartibiga qaytiş masalasi körib çiqildi.
Takliflarning texnik-iqtisodiy asoslari tayyorlanib, yuqori darajada körib çiqiş uçun kiritiladi.