Raqobat qo‘mitasi “Maktab bozorlari”da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Asosiy rasm

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida respublikadagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo komplekslarida mavsumiy “Maktab bozorlari” tashkil etilgan.

Raqobat qo‘mitasi ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslik, mahsulot sifati va iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi eslatildi.

Narxlarning asossiz oshirilishi holatlariga duch kelgan fuqarolar Raqobat qo‘mitasining 1159 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring