Mikrokreditbank rahbariyati “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni o‘rgandi
“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Mikrokreditbank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyozov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlaridagi tayanch mahallalarda o‘rganish olib bordi.
Jarayonda asosiy e’tibor aholi murojaatlari, tadbirkorlik tashabbuslari, bandlik va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga qaratildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – mahallalardagi imkoniyatlarni ishga solish, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish.