“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbari Bektemirda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashdi

Asosiy rasm

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B. Sharipov, Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hamda Bektemir tumani hokimligi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda tumandagi 18 ta mahalla “yettiligi”, mahalliy aholi va tadbirkorlar ishtirok etib, yangi ish o‘rinlari hamda daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqotda “URBAN TRACK” MCHJ tomonidan yetkazib berish xizmatidagi mavjud vakansiyalar, “NEXT RIDE” MCHJ tomonidan zamonaviy elektromobillarda yo‘lovchi tashish orqali daromad topish, “BRB-TECH” tomonidan esa “Mening biznesim” platformasi orqali aholi bandligini oshirish imkoniyatlari taqdim etildi.

Muloqot yakunida ishtirokchilarning murojaatlari tinglanib, “mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring