O‘zmilliybank bayrog‘i Kazbekni zabt etdi
6-avgust kuni O‘zbekiston Milliy banki G‘aznachilik departamenti xodimi Andrey Tarantin “Mysterious Uzbekistan” guruhi tarkibida 5 054 metr balandlikdagi Kazbek cho‘qqisiga ko‘tarilib, O‘zmilliybank bayrog‘ini o‘rnatdi.
2021-yildan buyon tog‘ trekkingi bilan shug‘ullanuvchi Andrey avval Elbrus, Giluve va Araratni ham zabt etgan.
O‘zmilliybank sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.