Rasmiy munosabat: Denovda buzilgan uy o‘rniga yangi turar joy qurib beriladi

Asosiy rasm

Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi turar joy buzilishi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, amalga oshirilgan ijro harakatlari sud hujjati asosida olib borilganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, masala Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida buzilgan turar joy fuqaroning kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan qonuniy yer maydoniga tutash, fermer xo‘jaligining dala maydoni hududida qurilgani aniqlandi.

Fuqaroning uy-joy masalasi e’tibordan chetda qolmasligi, uning manfaatlari ta’minlanishi maqsadida yangi turar joy qurib berilishi ma’lum qilindi.

Hokimlik mazkur masala fuqaroning manfaatlarini ta’minlash, uy-joy bilan bog‘liq muammosini hal etish va qonunchilik talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan nazoratda qolishini ma’lum qildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring