Markaziy bank: “Oltin Oy Kredit” aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqalayotgani aniqlandi.
Markaziy bankka koʻra, hujjatda koʻrsatilgan “Oltin Oy Kredit” aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas, shuningdek, Markaziy bank tomonidan ushbu tashkilotga hech qanday litsenziya rasmiylashtirilmagan.
Fuqarolar va tashkilotlardan bunday firibgarlik harakatlaridan ogoh boʻlish soʻralmoqda.
Litsenziyaga ega banklar roʻyxatini Markaziy bankning rasmiy veb-sayti orqali tekshirish mumkin.