Oʻzbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova vafot etdi

Asosiy rasm

Bugun, 5-avgust kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Sharifa Salimova zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin namoyandalaridan biri, serqirra ijodkor va jamoat arbobi edi. U 50 yildan ortiq umrini oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bagʻishladi.

Shoiraning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulogʻi”, “Yetti oqqush”, “Vatan suvrati”, “Bedor tun tomchilari” kabi sheʼriy toʻplamlari hamda publitsistik asarlari oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa boʻldi. U, shuningdek, mashhur sanʼatkorlar bilan hamkorlikda yaratilgan koʻplab qoʻshiqlar matni muallifi sifatida ham tanilgan.

Sharifa Salimova 1999–2009-yillarda Oliy Majlis deputati hamda Oila va ayollar muammolari komissiyasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Uning adabiyot va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi “Oʻzbekiston xalq shoiri”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring