Ta’lim sohasidagi 587,2 mln so‘mlik tender bekor qilindi

Asosiy rasm

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bir manzil, bir telefon – bitta tender” deb nomlangan tanqidiy maqola yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyurtmachiligida 2026-yil 27-iyul kuni markazlashtirilgan tadbirlarni oʻtkazib berish xizmati boʻyicha boshlangʻich narxi 587,2 mln soʻm boʻlgan tanlov savdosida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan oʻrganish natijasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, Raqobat qoʻmitasining qonunchilik talablariga amal qilish yuzasidan yuborgan soʻroviga asosan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlov savdosi belgilangan tartibda bekor qilindi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring