Ispaniya futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
AQSHning Ist-Raterford shahridagi “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmagach, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golni 106-daqiqada Ferran Torres kiritdi. Ushbu gol Ispaniyaga musobaqaning oltin medallari va chempionlik unvonini taqdim etdi.
Final hisobi: Ispaniya – Argentina 1:0.