FIFA: Eldor Shomurodovning goli turnirning eng yaxshi goli nomiga da’vogar

Asosiy rasm

FIFA rasmiy saytida «Turnirning eng yaxshi goli» nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlandi.

Guruh bosqichida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng chiroyli 12 ta gol saralab olingan bo‘lib, ular qatoridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan mahoratli «parashyut» zarbasi ham o‘rin oldi.

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berish bir necha bosqichda tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda muxlislarga 48 soat davomida ovoz berish imkoniyati taqdim etilgan. Keyingi bosqichlar 1/8 final, chorak final, yarim final va final uchrashuvlaridan so‘ng o‘tkaziladi.

Muxlislar FIFAning rasmiy platformasi orqali ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring