JCH-2026: Oʻzbekiston Portugaliyaga yirik hisobda magʻlub boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushib, 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
K guruhida kechgan bahsda portugaliyaliklar oʻyinning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni oʻz qoʻllariga oldi. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu dubl muallifiga aylandi.
Gollar:
- Krishtianu Ronaldu (6, 39)
- Nunu Mendesh (17)
- Abduvohid Neʼmatov (60, avtogol)
- Rafael Leau (87)
Shu tariqa, Portugaliya guruhdagi ikkinchi gʻalabasini qayd etgan boʻlsa, Oʻzbekiston terma jamoasi ikkinchi uchrashuvini ham magʻlubiyat bilan yakunladi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi soʻnggi uchrashuvini 28-iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi oʻtkazadi.